events

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Farg'ona politexnika institutida yo'lga qo'yilgan ta'lim-fan- ishlab chiqarish integratsiyasi faoliyati bilan tanishdi

Dastlab, ta'lim muassasada yosh ixtirochi talabalar tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar bilan tanishish jarayonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov institut talabasi Asadbek Zokirov tomonidan yaratilgan “Avtomatlashtirilgan savdo shkafi” hamda “Havodan ichimlik suvi olish qurilmasi”ni yaratgan talaba Qudratbek Muhammadjonovning  ixtirolari bugungi kundagi innovatsion loyiha ekanligini ta’kidladi.

Bugungi kunda ta’lim muassasada ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan jami 19 ta markaz faoliyat yuritmoqda.  Ushbu markazlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida xorijiy tajribani qo‘llagan holda 14 ta “Spin-off” korxonasi ochilgan. 

Vazir K.Sharipov institut qoshida tashkil etilgan “Qurilish-sinov labaratoriyasi” hamda “Ilmiy-tadqiqot, o‘quv ishlab chiqarish kompleksi” faoliyati bilan tanishib, o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.